Buxoro yangiliklari

Buxoroda yana bayram: “Askiya va qiziqchilar sayli”

Foto: Buxoroisharif.uz

Joriy yilning 29-iyul kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida viloyatimiz aholisi va mehmonlari uchun ajoyib madaniy tadbir – “Askiya va qiziqchilar sayli” gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir soat 19:00 da boshlanadi. Unda yurtimizning mashhur kulgu ustalari – Mirzabek Xolmedov, Valijon Shamshiyev, Dilshodbek Musabekov, Saydulla Fathullayev, Boltavoy Toshmatov va boshqa taniqli askiyachilar ishtirok etishadi.

Konsert doirasida:

✅xalqona askiya namunalari;
✅zamonaviy sahna ko‘rinishlari;
✅tomoshabinlar bilan interaktiv hazil-mutoyibalar;
✅kulgu va ijobiy his-tuyg‘ularga boy chiqishlar namoyish etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar va aholining bo’sh vaqtini yanada mazmunli tashkil etish, xalq og‘zaki ijodi va askiya san’atini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Barchani mazkur kulgu kechasida ishtirok etishga chorlaymiz. Kechani a’lo kayfiyat, quvnoq sahnalar va askiya yulduzlari bilan o‘tkazing!

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version