Buxoro yangiliklari

Buxoroda tibbiyot xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa yakunlandi

Joriy yilning mart oyi boshidan buyon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimiga kiruvchi muassasalar va xususiy tibbiyot korxonalaridan tarkib topgan yigirmadan ortiq jamoalar o‘rtasida boshqarma kubogi uchun futbol musobaqalari tashkillashtirilib kelinmoqda.

Bugun Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kubogiga bag‘ishlangan turnir nihoyasiga yetdi.

Qizg‘in kechgan bahslarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali jamoasi yetakchilik qildi va musobaqaning mutloq g‘olibiga aylandi. 2-o‘rinni xususiy tibbiyot muassasalari xodimlaridan tarkib topgan “Spartak” terma jamoasi hamda 3-o‘rinni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan turnir kubogi, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.



Foto: Buxoro viloyat SSB Matbuot xizmati

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version