Buxoro yangiliklari
26-avgust kuni Buxorodagi ekobog‘da bayram tadbirlari o‘tkaziladi

Buxoro shahar aholisi va mehmonlari diqqatiga!
Ertaga, 26-avgust kuni Buxoro shahridagi Eko bog‘da Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami munosabati bilan kun davomida bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining chiqishlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, arzonlashtirilgan kitob va o‘quv qurollari yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda Vatan va tabiatga bag‘ishlangan gala konsert tashkil etiladi.
Ushbu tadbirlarga shahar aholisi va mehmonlarini taklif etamiz.Tabiat va inson uyg‘unligini aks ettiruvchi ekobog‘da barchani kutib qolamiz.