Buxoro yangiliklari

Buxoroda ayiq tor qafasda saqlanmoqda (–mi?)

Foto: Buxoroisharif.uz

Kuni kecha bir nechta Telegram-kanallarda “Buxoroda ayiq tor qafasda saqlanmoqda, Ekologiya vazirligidan chora ko‘rish talab etilmoqda” degan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqilgan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, ushbu ayiq avval sirkchilarning noqonuniy egaligida bo‘lgan va yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlagani uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan olib qo‘yilgan. Keyinchalik ayiq Buxoro shahridagi Samoniylar istirohat bog‘ida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Hayvonot bog‘ini kengaytirish maqsadida Toshkent shahridan Buxoroga olib kelingan mazkur ayiqni saqlash uchun maxsus qafas hali tayyor bo‘lmaganligi sababli olib kelingan qafasida vaqtincha saqlangan.

Bugungi kunda esa ayiq xavfsizlik va hayvonlarga munosib saqlash sharoitlariga ega bo‘lgan maxsus qafasga ko‘chirib joylashtirildi.

Holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version