Buxoro yangiliklari
Eski shaharda “Xon atlas” festivali o‘tkazildi

Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani yanada kengroq targ‘ib etish maqsadida joriy yilning sentabr oyi “Xon atlas” oyligi deb e’lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Festival doirasida so‘zga chiqqanlar xonatlas butun dunyoda o‘z muxlislariga egaligi, undagi yorqin ranglar va takrorlanmas naqshlar kishiga xush kayfiyat bag‘ishlashi, maftun etishini e’tirof etishdi.
Festivalda milliy liboslar vositasida xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdek ezgu maqsad nazarda tutildi.
Festival doirasidagi tadbirlar qadriyatlarimiz ko‘zgusi sifatida xizmat qildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar festivalga bayramona tus berdi.