Buxoro yangiliklari

Ko‘hna shaharda sog‘lom nafas — “Bukhara Night Race”

Foto: Buxoroisharif.uz / Acdf.uz

Har yilgi an’anaga ko‘ra, kuni kecha qadim shaharda sport va birdamlik bayrami – “Bukhara Night Race” musobaqasi o‘tkazildi. Unga turli vilyatdan kelgan yuguruvchilar bilan birgalikda xorijiy sayyohlar ham qatnashdi. Ular orasida eng qizig‘i yosh kelin-kuyovlar ham bor edi. Ayna тshunday ishtirokchilar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Yugurish marafoni Oʻzbekiston Madaniyat va Sanʼatni Rivojlantirish Jamgʻarmasi tomonidan tashkil etildi. “Bukhara Night Race” plogging, sport va atrof-muhitga g‘amxo‘rlikni birlashtirgan faollik bilan boshlandi. Ishtirokchilar masofani bosib o‘tish jarayonida shaharni yanada toza va qulay qilishga ham hissa qo‘shdilar.

Ushbu tadbir bir necha yildan buyon “Samarkand Marathon” ning ajralmas qismi sifatida qolib kelmoqda. Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar kuch sinashadi hamda bu orqali aholi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini amalga oshirishadi.

Dastur boshida yuzlab bolalar startga chiqishdi va ular uchun bu ilk rasmiy bosqich, ilk medal, ilk olqishlar va ota-onalarining faxri bo‘ldi.

Musobaqaning asosiy poygalari 5, 10 va 21,1 km masofada o‘tkazildi.

Bu safargi “Bukhara Night Race” musobaqasi birinchi Buxoro biyennalesi madaniy tadbiriga ulanib tashkil etildi. Yugurish yo‘llari esa shaharning tarixiy markazi – karvonsaroylar, madrasalar va qadimiy me’moriy yodgorliklar hamda zamonaviy binolar orasidan o‘tdi.

Tadbir tungi musiqiy dasturlar bilan yakun topdi. Unda Germaniyadan tashrif buyurgan, to‘plamlari “Burning Man”, “Fusion” festivali va butun dunyo bo‘ylab afsonaviy anjumanlarda yangragan “Rey&Kjavik” (RKJVK, Offenbach) dijeyi va prodyuseri musiqiy kayfiyat bag‘ishladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version