O‘zbekiston
Rasman: to‘y va ma’rakalarda mehmonlar soniga cheklov o‘rnatilmoqda

Vazirlar mahkamasi qarori bilan ortiqcha xarajat talab qiladigan rasm-rusumlar o‘tkazish taqiqlandi
Jumladan “kuyov navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi” va motam marosimlaridagi “yetti”, “payshanba”, “yakshanba”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabi marosimlar.
Shuningdek, to‘y, ma’raka va oilaviy marosimlar belgilangan cheklovlar asosida o‘tkaziladi:
— oilaviy tadbirlar — 200 nafargacha;
— osh marosimi — 250 nafargacha;
— qo‘shaloq to‘ylar — 250 nafargacha;
— qo‘shaloq to‘y oshlari — 300 nafargacha.
To‘liq qaror bilan tanishing: https://lex.uz/uz/pdfs/7730458.