Buxoro yangiliklari
Buxoroda ATFC va Brave CF qo‘shma MMA turniri o‘tkaziladi

Buxoro shahrida MMA bo‘yicha ATFC 27 & Brave CF 103 musobaqasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Nozim Qalandarov Pokiston vakili Rizvan Ali bilan to‘qnash keladi.
Ikkinchi asosiy jangda esa boshqa bir aralash yakkakurash ustamiz — Sardor Xudoyberdiyev qozog‘istonlik Koshen Akanovga qarshi oktagonga chiqadi.
Bellashuvlar 17:00 da start olishi belgilangan. Asosiy kard janglari esa 21:00 da boshlanadi. Janglarni “Sport TV” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.