Buxoro yangiliklari

Xorijdan kelgan taniqli blogerlar Buxoroda bo‘lishdi

Foto: Buxoroisharif.uz

Kuni kecha Buxoroda “O‘zbekistonni tanitamiz” shiori ostida milliondan ortiq kuzatuvchilarga ega bo’lgan mahalliy va xorijiy blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

Turizm qo‘mitasi ko‘magida “O‘zbekistonni tanitamiz” shiori ostida bir milliondan ortiq obunachilarga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy blogerlar, shuningdek turli nufuzli media vakillari uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil etildi. 

Press-turning birinchi kunida ishtirokchilar “Buxoro biyennalesi” obyektlarida bo’ldilar. Mehmonlar zamonaviy san’at namunalarini ko‘zdan kechirdilar, har bir ekspozitsiyaning o‘ziga xos falsafasi bilan tanishdilar hamda turli foto va video tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.

Press tur davomida viloyatimizda so‘nggi yillarda tashkil etilgan yangi turizm obyektlari, turizm mahallalari va qishloqlari, hududning tabiiy merosi va madaniy yodgorliklarini keng auditoriyaga targ‘ib qilish orqali viloyatga tashrif buyuradigan sayyohlar sonini oshirish kutilmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version