Buxoro yangiliklari
10-dekabr – buxorolik kompozitor Mutavakkil Burhonov tavallud topgan kun

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro shahrida milliy madhiyamiz musiqasi muallifi, buyuk kompozitor Mutavakkil Burhonov xotirasiga yuksak hurmat ko‘rsatildi.
1992-yil 10-dekabr — xalqimiz qalbida faxr va g‘urur uyg‘otuvchi Davlat madhiyasi tasdiqlangan tarixiy kun sifatida yodda qolgan.
Bugun Buxoro shahridagi Abu Hafs Kabir Buxoriy qabristoni viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, shoir va yozuvchilar, Buxoro Davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, Milliy gvardiya xizmatchilari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.
Tadbir davomida buyuk kompozitor Mutavakkil Burhonov dahosiga hurmat bajo keltirilib, uning qabri poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Bu ezgu amaliyot milliy madhiyamiz yaratilishida fidoyilik ko‘rsatgan ijodkorlarga bo‘lgan ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi.