Islom
Kim “Laa ilaha illalloh” degan bo‘lsa…

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Robbimdan shafoat so‘rashda davom etaman. U meni shafoat qiladi va men: “Robbim, Laa ilaha illalloh degan har kimni shafoat qilgin”, deyman.
U Zot: “Ey Muhammad, bu faqat sen uchun, sendan boshqa uchun emas. Izzatim va Jalolimga qasamki, Laa ilaha illalloh degan biron kimsani do‘zaxda qoldirmayman”, deydi”, dedilar.
Imom Muslim, Ibn Abi Osim «Sunna»sida va Ibn Huzayma «Tavhid»ida rivoyat qilganlar.