Islom

Namoz paytida esnaganda qanday yo‘l tutiladi?

Foto: Life.ru

Esnalganida nima uchun qo‘l bilan og‘iz berkitilishini bilish zarur. Buning asoslari yetarli. 

Bu haqda hatto Imom Buxoriyning “Al-adab val-mufrad” kitoblarida maxsus “Esnaganda qo‘l bilan og‘izni to‘sish haqida” nomli bob bor.

Shu bobda kelgan hadislardan birini zikr qilib o‘tamiz: Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Agar birortangiz esnasangiz, qo‘lingizni og‘zingizga qo‘ying, chunki shayton kiradi”. Esnash kelganida namozdan boshqa hollarda chap qo‘l orqasi bilan og‘iz to‘siladi.

Shuningdek, hadislarda esnab turib: “hooh” deyish shaytonning yayrashiga sabab bo‘lishi ham bayon etilgan.

“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version