Buxoro yangiliklari
Olotlik qizcha tumandagi birinchi professional shaxmatchi bo‘ldi

Olotlik O‘g‘iljon Eshonova tuman tarixida birinchi professional shaxmatchi sifatida qayd etildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) olotlik 10 yoshli Oʻgʻiljon Eshonovaning hozirgacha koʻrsatgan natijalarini inobatga olgan holda, unga shaxmatning ikki yoʻnalishi: standart hamda blitsda xalqaro reyting berdi.
O’giljon Standart yo’nalishida 1 461 ball, Blitsda esa 1 510 ball bilan baholangan.
Ayni vaqtda u o’zbekistonlik 1 653 shaxmatchi orasida 712 o’rinda bormoqda.
Bo’lajak grossmeyster bu natijasi bilan olotlik ilk professional shaxmatchi sifatida tuman tarixiga kirdi.