O‘zbekiston

Taksi haydovchilari Yangi yildan boshlab qo‘shimcha 1% soliq to‘laydimi?

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 1-yanvar kunidan boshlab O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar, jumladan taksi haydovchilari ham aylanmasidan 1% miqdorida soliq to‘laydi. Soliq qo‘mitasi ushbu tartib bo‘yicha tushuntirish berdi.

Masalan, o‘zini o‘zi band qilgan taksichi bir oyda 5 million so‘m daromad qilsa, to‘laydigan solig‘i 50 ming so‘m bo‘ladi. Qoida oddiy: qancha aylanma bo‘lsa, shundan 1%.

Agar yo‘lovchi tashish onlayn-agregatorlar (masalan, Yandex GO, UzTAXI, MyTaxi, Uklon va b.) orqali amalga oshirilsa, soliq avtomatik tarzda olinadi. Ya’ni agregator haydovchiga pul o‘tkazayotganda soliqni o‘zi ushlab qoladi.

Alohida qayd etish kerak-ku, kompaniya faqat o‘z platformasi orqali tushgan daromaddan soliq ushlab qoladi. Agregatordan tashqarida olingan daromadlar esa shu mexanizm bilan avtomatik tarzda soliqqa tortilmaydi.

Shuningdek, yangi yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun raqamli platformalarda shakllangan elektron to‘lovlarni qabul qilish maqsadida maxsus QR-kodga ega bo‘lish talabi ham kuchga kirgan.

Lekin bu talab agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish va buyurtma asosida tovar yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan o‘ziniio‘zi band qilganlarga qo‘llanmaydi..

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version