Buxoro yangiliklari

Kecha kechqurun “Uglavoy”dagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Foto: Buxoroisharif.uz

Kecha, 4-yanvar kuni kechqurun Buxoro shahar, “Chorbaxosa” MFY, Mirdo‘stim ko‘chasida joylashgan qurilish mollari savdo do‘koni (oldingi “Yog‘du” restorani yoni) da yong‘in kelib chiqqan.

Ushbu hodisa to‘g‘risida Buxoro viloyati FVB ga xabar soat 21:56 ga kelib tushgan.

FVB taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:59 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:43 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version