O‘zbekiston

“Suyunchi puli” olish tartibi Yangi yildan o‘zgardi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi tubdan yangilanmoqda. Prezidentning “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–206-sonli Farmoniga koʻra, 2026-yilning 1-yanvardan ijtimoiy toʻlovlarni tayinlashda proaktiv tizim joriy etiladi.

Bu nima degani?

Yangi tartibga muvofiq, homiladorlik va tugʻish nafaqasi — jamoat orasida “suyunchi puli” deb ataladigan toʻlov — fuqarolarning murojaatisiz, avtomatik ravishda tayinlanadi va toʻlanadi.

Farmonga koʻra, fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy va ixtiyoriy asoslarda qamrab olinadi. Majburiy sugʻurta Davlat byudjeti hisobidan, ixtiyoriy sugʻurta esa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi oylik badal evaziga amalga oshiriladi.

Ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali fuqarolarning sugʻurta staji va toʻlagan badallariga mutanosib ravishda toʻlanadi.

Shuningdek:

  • 2026-yilning 1-yanvardan — homiladorlik va tugʻish nafaqasi,
  • 2026-yilning 1-iyuldan — vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

proaktiv shaklda tayinlanadi.

2030-yildan esa ishdan boʻshatish nafaqasi fuqarolar murojaati asosida Jamgʻarma orqali toʻlanishi belgilangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version