Buxoro yangiliklari
Buxoroda qidiruvda bo‘lgan shaxsni maxsus tizim avtomatik tarzda ko‘chalarda o‘rnatilgan kameralar orqali topdi

Joriy yilning 5-yanvar kuni soat 16:58 da Buxoro viloyati IIB “Tezkor boshqaruv markazi”ga Qorovulbozor tumanida o‘rnatilgan yuzni aniqlovchi kamera (Face ID) orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur xabarga asosan Qorovulbozor tumani Qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishdi. Olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan shaxs Kogon shahrida yashovchi N. Sh. ekanligi hamda u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida (o’g’rilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, yashirinib yurganligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan shaxs belgilangan tartibda Qorovulbozor tumani Ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.
Qo‘riqlash xizmati tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va qidiruvdagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor hamda samarali chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.