Buxoro yangiliklari

Buxoro shahar prokurori agressiv xulq-atvorli yoshlar bilan gaplashdi

Foto: YIA Buxoro viloyat boshqarmasi

Buxoro shahar prokurori S. Qurbonov otaliqqa olingan agressiv xulq-atvorli yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi xabar qilmoqda.
       
Barchamizga ma’lumki davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan yoshlarni jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishdan saqlash, ular bilan manzilli va tizimli ishlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda kecha, 7-yanvar kuni Buxoro shahar prokurori S. Qurbonov otaliqqa biriktirilgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish, tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular  va ularning oila a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ularning muammo va takliflari tinglangan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilandi hamda tegishli tashkilot mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version