Buxoro yangiliklari

10 dan ortiq fuqaroni ushladi: ekopolitsiya Gazli va Peshkuda rey o‘tkazdi

Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo’mitasining Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Buxoro viloyatida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda tashkilot Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha o‘tkazilgan reyd davomida Peshku tumani hududidagi “Qoraqir” tabiiy suv havzasidan 10 nafar fuqaro tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz 94 dona yovvoyi o’rdak va 23 dona qashqaldoq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 48 mln 204 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Shuningdek, yana bir holatda Gazli shaharchasi hududida 2 nafar shaxs saksovul o’simligini noqonuniy ravishda kesish, yig’ish va tashish bilan shug’ullanganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 117 dona noqonuniy ovlangan o’rdak va qashqaldoqlar hamda 10 kub saksovul o’simligi bo’laklari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version