Buxoro yangiliklari

Matbuot kotiblari vazifasini uddalayaptimi? Buxoroda 50 nafarga yaqin mutaxassis bilan tanqidiy yig‘ilish

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Kuni kecha viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, axborot kotibi Olim Jo‘rayev ishtirokida davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tuman (shahar)lar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Xususan, axborot xizmatlarining faoliyati, ularning jurnalist va blogerlar bilan hamkorligi holati atroflicha tahlil qilinib, ayrim axborot xizmatlarida ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani qayd etildi.

Tadbir davomida axborot xizmatlari faoliyatini muntazam o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda davlat organlari tomonidan axborot makonida yuzaga kelayotgan turli tahdidlarga o‘z vaqtida va professional munosabat bildirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Shu asosda, axborot xizmatlari ishini yanada faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklar tomonidan viloyat hayotida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi axborot materiallarini rasmiy axborot kanallari, markaziy nashrlar va telekanallar orqali keng jamoatchilikka, jumladan, chekka hududlargacha yetkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu borada ochiqlikni ta’minlash va aholiga islohotlar natijalarini yetkazishdagi axborot xizmatlarining roli kuchaytirilishi lozimligi qayd etildi.

Muloqotda ijtimoiy tarmoqlar bilan tizimli ishlash, tashkilotlarning PR-strategiyasini ishlab chiqish hamda axborot makonida ijobiy imijni shakllantirish yo‘nalishlarida maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ochiq muloqot jarayonida axborot kotiblari o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Olim Jo‘rayev tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version