Buxoro yangiliklari
Buxoro mahallalarida nima gap? 14-yanvar yangiliklari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi hududdagi olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi haqida ma’lum qildi:
📍Buxoro shahri, Jo‘bor mahallasida yo‘l bo‘ylariga quyosh panelli projektorlar o‘rnatildi.
📍Romitan tumani, Navbahor mahallasida Xo‘jaubbon kanali betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
📍Qorako‘l tumani, Yangiturmush mahallasida yashovchi Umar Boltayev xonadoniga 50 kVt quyosh paneli o‘rnatib, qo‘shimcha daromad manbaini yo‘lga qo‘ydi.
📍Buxoro tumani, Xumin mahallasida yangi elektr beton ustunlari o‘rnatilmoqda.
📍Olot tumani, Bunyodkor mahallasida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha yangi transformator o‘rnatildi.
📍Olot tumani, Oq-oltin mahallasida “Mening bog‘im” dasturi doirasida 12 sotix yer maydoniga 200 dan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
📍Kogon tumani, O‘ba cho‘li mahallasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda.
📍Gʻijduvon tumani, “Oq gul” suv inshooti orqali 7 ta mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Hozirda inshootda ta’mirlash ishlari boshlandi.
📍Buxoro shahri, Mohi Xossa mahallasida yongin xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz xonadon” dasturi doirasida aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
📍Buxoro shahri, Ko‘ksaroy MFY raisi tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Daraxt ekish ishlariga aholi va homiylar jalb etildi.
📍Buxoro tumani, Yangi Turmush MFYda yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
📍Buxoro tumani, Gulshanobod MFY, Malikon qishlog‘i ichki yo‘llarida shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
📍Vobkent tumani, Mo‘minobod mahallasida 3 km toza ichimlik suvi quvuri tortilayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda.
📍Vobkent tumani, Qo‘liodina MFYda mahalla raisi Sa’nat Avezovaning “Mahalla yettiligi” ning 2026 yillik dasturi yuzasidan aholiga murojaatnomasi yo‘llandi.
📍Romitan tumani, Iftixor MFY hududida Rabotalak va Abdurahimboy qishloqlari orasida o‘tuvchi 159 diametrli gaz quvurida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
📍Romitan tumani, Baynalminal mahallala yettiligining aholiga murojaati yo‘llandi. Shuningdek, 15-yanvardan boshlanadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari yuzasidan tushunchalar berildi.
📍Qorako‘l tumani, Qoraqulonchi MFY raisi va nuroniylar tashabbusi bilan yangi bog‘ tashkil etilmoqda.
📍Qorovulbozor tumani, Tinchlik mahallasi raisi S. Quljanova tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilgi rejalar haqida aholiga murojaat yo‘llandi.
📍Gʻijduvon tumani, Qassobon MFY da quyosh panellari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kuchlanishini barqarorlashtirish maqsadida homiylar tomonidan qiymati 30 mln so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 100 kVtli transformator o‘rnatildi.