Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (19.01.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 19-yanvar, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun qat’iy qarorlar chiqarishga shoshilmang, oqimga qarshi suzmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Sababsiz achchiqlanishga o‘rin yo‘q. Ishni tafakkurni opichlagan holda ayyorona tashkil etishingiz lozim bo‘ladi. Asabni asrang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Do‘stlar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Yangi loyihalarga qo‘l urgan bo‘lsangiz, eng muhim ishlarni ham bir chetga suring.

Arslon (24.07 — 23.08)

Faqat olg‘a bosing. Ayniqsa, muhabbatda bugungi kun sizdan shoshilishni talab etadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Kun davomida ko‘p joylarga borishingiz, yelib-yugurishingiz, yoshi ulug‘ qarindoshlaringizga kerakli yordamlarni ko‘rsatishingizga to‘g‘ri keladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish yuriting. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ish joyingizda vaqt ham, omad ham faqat sizning foydangizga ishlaydi. Maoshingiz oshishi, lavozimingiz yuqorilashi kutiladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy hayotingizda sizni faqat yoqimli lahzalar qurshab turadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Yaqinlaringizga sizning e’tiboringiz juda zarur. Ularni yolg‘izlatib qo‘ymang.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ishxonangizda hammasi siz xohlaganday kechadi. Pul qo‘lingizga oqib kelaveradi, salomatligingiz pand bermaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun neki ishga qo‘l urmang, yaqin insoningiz bilan bamaslahat yo‘l tuting.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version