Buxoro yangiliklari

IIB: Vobkentda voyaga yetmaganlar bilan ishlash kuchaytirildi

Foto: Buxoro viloyati IIB

Vobkent tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tizimli va manzilli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar Vobkent tuman IIB mas’ullari tomonidan olib borilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, profilaktik faoliyat doirasida tumandagi umumta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi oilalarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillar aniqlanmoqda. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Profilaktik tadbirlar davomida:

  • voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari,
  • amaldagi qonunchilikka rioya etish,
  • salbiy illatlardan yiroq bo‘lish,
  • internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish

masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mutasaddilar ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Profilaktik ishlar tumanda izchil davom ettiriladi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version