Munajjimlar başorati

Munajjimlar bashorati (22.01.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 22-yanvar, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Moliyaviy muammoni hal etish uchun ko‘p narsa kerak emas. U ham istak va imkoniyatlardan kelib chiqadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Tuyg‘ularni va siz tomon oqib kelayotgan axborotlarni to‘xtatishga urinmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuv sari oshiqa boshlashadi. Bugungi uchrashuv alohida ahamiyatga ega ekanini unutmang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ommaviy tadbirlardan qoching, bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ro‘zg‘ordagi yumushlarga ham alohida e’tibor bilan yondoshing. Shunda ishlaringiz baroridan keladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ishxonangizda bo‘layotgan har qanday hodisaga xotirjam boqishga harakat qiling. Sababi, asablaringizga putur yetishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Muhabbatda ehtiyotkor bo‘ling. Ayniqsa, oila qurmagan bo‘lsangiz, sizni chuv tushirishlari hech gap emas.

Chayon (24.10 — 22.11)

Shunday gaplar gapiring, shunday harakatlarni sodir etingki, tanlaganingiz yoki juftingiz sevishingizga qayta-qayta ishonch hosil qilsin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Moliyaviy ahvolingiz ham havas qilsa arzigulik darajada bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kechqurun toza havoda sayr qiling va kunduzgi yutuqlaringizdan zavqlaning.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun nafaqat o‘zingiz, balki yaqin qarindoshlarning yukini ham zimmangizga olishingiz kerak bo‘ladi. Bu yuk og‘irlik qilmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Muhabbatda omadlisiz. Uning qaynoq otashi sizni kun bo‘yi qurshab turadi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version