Buxoro yangiliklari

Buxoro: Islom ta’limida ayol-qizlar masalasi kun tartibida

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligining xabar berishicha, joriy yilning 17-yanvar kuni Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Orif domla Amonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchi Rizvon Baxromova hamda mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalarning ta’lim jarayoni va yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, ularning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.

Homiylar ko‘magida muassasaning ayrim moddiy ehtiyojlarini qoplash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version