Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (23.01.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 23-yanvar, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatlar mavjud.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Garchi vaziyatlar har daqiqada o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, olis kelajak sari talpinishga shoshilmang. Hozircha bugungi kun bilan yashay turing.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bir umrlik yorni tanlashda shoshma-shosharlik yaramaydi. Qolaversa, hayot ishonchsizlik asosiga qurilmaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Oilangizda vaziyat og‘irlasha boshlagani xohlagan gapni gapirish, xohlagan harakatlarni sodir etaverish lozim degani emas.

Arslon (24.07 — 23.08)

Juftingiz bilan orangizda bugun muammo bo‘lmaydi. Asosiysi, atrofdagilarga emas, faqat qalbingizga quloq tuting.

Parizod (24.08 — 23.09)

Gap moliyaga borib taqaladigan bo‘lsa, o‘zingizga haddan tashqari ishonib yubormang. Bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Yangi kasb egallamoqchi bo‘lganlarning yo‘li ochiq. Siz astoydil yeng shimarib ishga kirishaversangiz bo‘ladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Niyatingiz amalga oshib kimningdir muhabbatiga erishsangiz ham, bu muhabbat mo‘rt bo‘lib chiqadi. Kechqurun yolg‘iz qoling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kunning ikkinchi yarmida sizga ruhan yaqin insonlardan biri kutilmagan sovg‘a hadya etishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shunday ish ko‘ringki, do‘stlar, oila a’zolaringiz sizni yanada ko‘proq hurmatlay boshlasin, sevsin, siz bilan faxrlansin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Shamollash alomatlarini sezishingiz bilan darhol tadbirini ko‘ring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar shu zahoti vrach qabuliga shoshilishi lozim.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ruhan tinchlaning va xotirjamlikni har qanday ko‘rinishdagi vaziyatda ham saqlab qoling.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version