Buxoro yangiliklari
«Dinamochi»lar kurashda bellashishdi

Kecha, 24-mart kuni viloyat «Dinamo» Jismoniy tarbiya va sport jamiyati jamoalari o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Murosaziz o‘tgan musobaqalarda 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritgan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi birinchi, Milliy Gvardiyaning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi ikkinchi va 3 o‘rinni Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda 7536-harbiy qism jamoalari o‘zaro bo‘lishib olishdi.
[metaslider id=1583 cssclass=»»]
Gʻolib va sovrindorlar faxriy yorliq, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Foto: Buxoro viloyat IIB Matbuot xizmati