Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (26.01.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 26-yanvar, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Atrofdagilarga ishoning, ammo ishonchingizni nazoratda ushlashni ham unutmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Xotirjamlik qachonki firibdan, yolg‘on-yoshiqlardan nari bo‘lsangizgina nasib etadi. Oila qurmaganlarga esa muhabbatda omad kulib boqadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Jamoaviy tarzda bajariladigan ishlar ko‘proq daromad keltiradi. Shu bahonada ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Zimmangizdagi ishga ijodiy yondoshing. Rejalarni erinmasdan sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazing.

Arslon (24.07 — 23.08)

Moliyaviy muammolar, oila tashvishlari, ro‘zg‘ordagi kemtiklar baravar boshingizga yog‘iladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Muhabbatda qaltis o‘yinlarni o‘ylab topishdan tiyiling va juftingizga haqiqiy tuyg‘ularingizni oshkor eting.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar qon bosimi sakrashi natijasida o‘zlarini yomon his eta boshlashlari kutiladi. Vrach qabuliga shoshiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Hayotga optimistik nazar bilan boqing. Aks holda o‘z xatolaringizni ko‘rib ham asabiylasha boshlaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling, iloji bo‘lsa, parhez boshlang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ilgari o‘zingiz uchun qo‘rqinchli, yoqimsiz narsalarga bugun real nazar soling. Ular siz o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kechqurun do‘stlardan biri sizga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘ngilsizroq xabar yetkazishi mumkin. Lekin bu xabarning sizga umuman aloqasi yo‘q.

Baliq (20.02 — 20.03)

Baliq burjida tavallud topganlar bugun tuyg‘ularga, emotsiyaga suyangan holda ish tutishlari kerak. Hiyla, nayrang yo‘li bilan hech narsaga erisha olmaysiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version