Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (28.01.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 28-yanvar, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Tejamkorlikka e’tibor qarating, kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, imkon doirasida uzing va pul topishning oson yo‘llarini qidirmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling. Sovuq qish kunlari ko‘chaga yengil kiyinib chiqishdan saqlaning.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ish bajarishda mayda detallargacha e’tiborga oling. Aks holda arzimas xatoga yo‘l qo‘ysangiz ham, katta yo‘qotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Emotsiyangizni nazoratda ushlay bilsangiz, yaqinlaringiz bilan orangizda janjal kelib chiqishiga barham bergan bo‘lardingiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Esda tuting, sizning qo‘lingizdan kelmaydigan ish yo‘q, biroq aldovlar va firibdan ehtiyot bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni asrang.

Parizod (24.08 — 23.09)

unning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Biroq bu tanishuvlar oila qurmagan do‘stlarimizga romantika hadya etmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Har bir harakatingiz ko‘ngildagidek kechadi. Uy uchun jihozlar xarid qilish, uy, mashina ta’miri, uy ichkarisida jihozlar o‘rnini almashtirish muvaffaqiyatli kechadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Yaqinlaringiz bilan orangizda meros yoki pul masalasida tortishuvlar yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, bu muammoni huquqshunoslarsiz uddalay bilmaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy hayotda baxtdan boshingiz aylanib, yettinchi osmonlarda parvoz qilmasligingiz mumkin. Ammo atrofdagilarning olqishlaridan bahra olishingiz tayin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Siz uchun jonidan kechishga tayyor insonni ko‘ra biling, seza biling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun ish joyingizdagi endigina ishga joylashgan hamkasblar mas’uliyatini zimmangizga ola ko‘rmang. Yo‘qsa, oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kechqurun salomatligingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version