O‘zbekiston

“Tashabbusli budjet” 1-fevraldan yana start oladi

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yil 1-fevraldan «Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi» shiori ostida «Tashabbusli budjet» jarayonining 10-mavsumi — yubiley mavsumi boshlanadi. Bu mavsum «Tashabbusli budjet» joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi bosqich hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • 1–20 fevral — loyihalarni kiritish;
  • 21 fevral – 7 mart — loyihalarni saralash;
  • 8–10 mart — targ‘ibot bosqichi;
  • 11–20 mart — ovoz berish;
  • 21–31 mart — qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish.

An’anaga ko‘ra, asosiy g‘olib loyihalar ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Mas’ullar fuqarolarni o‘z mahallasi rivoji uchun tashabbus ko‘rsatishga, dolzarb loyihalarni taklif etishga va ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirdi. «Tashabbusli budjet» aholining bevosita ishtiroki orqali hududlardagi muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version