Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (01.02.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 1-fevral, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kunning ikkinchi yarmida uzoq qarindoshlardan biri kayfiyatingizni buzishi mumkin. Asablarni asrang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Muhabbatda shoshma-shosharlik bilan ish tutishingiz yaramaydi. O‘zingizga ziyon qilasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ruhiy holatingizni yaxshilang, yangi bilimlar oling, yangi kasblarga ega bo‘ling. Bularning barchasi sizga faqat foyda beradi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Xastalanib qolishni xohlamasangiz, vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Yoki vrach bilan maslahatlashing.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kun davomida ko‘proq toza havoda sayr qiling. Moddiy ahvolingiz haqida vaqtincha bo‘lsa-da, unuting.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ro‘zg‘oringizdagi jiddiy muammolarni bartaraf etishda qarindoshlar va qo‘shnilar yordam beradi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

O‘zingizni yolg‘iz his etmaslik uchun qiziqarli suhbatdoshlarni qidirib toping. Muhabbatda oilasizlarning albatta omadi chopadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ba’zi do‘stlarimizni bel og‘rig‘i anchadan beri bezovta qilayotgan bo‘lishi mumkin. Zudlik bilan vrach qabuliga borishingiz kerak.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Birinchi bo‘lib shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishingiz kerak. Aynan shu ish uchun alohida vaqt ajratishingiz tavsiya qilinadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning ikkinchi yarmida anchadan beri arazlashib yurgan odam bilan yarashishingiz uchun imkoniyat tug‘iladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun xoh aqliy, xoh jismoniy ishlarni sira qo‘rqmasdan, ikkilanmasdan amalga oshiraverishingiz mumkin bo‘ladi. Yo‘lingizda to‘siqlar yo‘q.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ayrim do‘stlarning negadir sizdan yuz burishi kayfiyatingizni tushirib yuborishi mumkin. Moddiy ahvolingiz masalasida muammo bo‘lmaydi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version