Buxoro yangiliklari

Buxoroda fuqarolarning juda ko’p miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan “domchi” qamoqqa olindi

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “GLOBAL LUX STORY IMPEKS” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

1989-yilda tug‘ilgan, jamiyat rahbari Samandarov Otabek Ulug‘bekovich 2019-2023-yillar davomida Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasida qurilayotgan 14-sonli uy va boshqa manzillardan kvartira sotishni va’da qilib, tergov davomida aniqlangan 40 nafardan ortiq fuqarolarning ishonchiga kirgan. U soxta shartnomalar tuzish va hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan fuqarolarning juda ko’p miqdordagi mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Hozirda O. Samandarovga nisbatan JK ning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo’llanilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur shaxsning jinoiy harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan quyidagi raqamlarga bog‘lanishlari so‘raladi:

📞 112;

📞 65-220-41-24;

📞 98-278-09-07.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version