Buxoro yangiliklari
Qorako‘lda “dom” portladi (video)

Kecha, 31-yanvar kuni soat 08:23 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, “Tinchlik” MFY, Shoʻrobod koʻchasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVB ga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
Ushbu hodisa tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi natijasida vujudga kelgan.
Shu munosabat bilan FVV aholidan tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni soʻrab qoladi.
Maʼlumot uchun, gaz-havo aralashmasi sodir boʻlgan 2 qavatli uy uzoq yillar avval qurilgan va eski uy fondi hisoblanadi.