Özbekiston
“Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Narxlar bilan tanishing

2026-yilning 23-fevral kunidan “Uzautotrans service” korxonasi “Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishida avtobus qatnovini boshlaydi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.
Qatnovlar haftada 2 marotaba, dushanba va juma kunlari bajariladi.
Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 23-fevral kuni soat 17:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 1 mln 200 ming so‘m.
Sankt-Peterburg avtovokzaligacha bo‘lgan yo‘lda oraliq to‘xtash Moskva shahridagi “Novoyasenevskaya” avtovokzalida amalga oshiriladi.
Toshkentga qaytish reyslari ham haftaning dushanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar Sankt-Peterburg avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da jo‘naydi.