Buxoro yangiliklari

Buxorodagi barcha maktablarda o‘quvchilar uchun elektron davomat tizimi joriy etilmoqda

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan hududdagi umumta’lim maktablarida zamonaviy elektron davomat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tizim ta’lim jarayonida shaffoflikni kuchaytirish, darslarga qatnashuvni aniq nazorat qilish hamda ta’lim sifati va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

Yangi tizim bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosarlari Hafiza Artikova va Baxtiyor Adilovlar hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabida bo‘lib, elektron davomat tizimi taqdimoti bilan tanishdilar.

Elektron davomat orqali har bir o‘quvchining darsdagi ishtiroki real vaqt rejimida qayd etiladi. Tizim ota-onalarga mobil ilovalar yoki SMS xabarnomalar orqali farzandining darsga qatnashuvi haqida tezkor ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, o‘quvchilarning intizomi va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version