Munajjimlar başorati

Munajjimlar bashorati (11.02.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 11-fevral, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kun davomida nafaqat asabiylashish, balki qarindoshlar bilan qaysidir masalada janjallashib olishga ham ulgurasiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Sizni bir qator mushkulotlar kutib turishi mumkin. Ammo shaxsiy hayotda buning aksi. Ko‘plab yorqin va yoqimli hodisalarga guvoh bo‘lasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishni istamasangiz, har bir aytadigan so‘zingizni mulohaza qilgachgina tilingizga ko‘chiring, har bir qadamingizni o‘ylab bosing.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Salomatligingiz pand berib, asablar qaqshashi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, darhol profilaktikani boshlayvering.

Arslon (24.07 — 23.08)

Biroz sabrli bo‘lsangiz, kun mobaynida siz uchun juda qimmatli bo‘lgan inson qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Parizod (24.08 — 23.09)

Har qanday muammoni osonlikcha hal etish imkoniga ega bo‘lasiz. Faqat muammoga to‘g‘ri yaqinlasha bilsangiz bas.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Moddiy masalada muammo kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Lekin yirik xaridlarga qo‘l urishingiz tavsiya etilmaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Muhabbatda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Faqat juftingiz sizdan ko‘proq romantika kutishini unutmasangiz bas.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun sizni ko‘proq moliyaviy muammolar qiynashi mumkin. Kechqurun ruhan dam olish uchun toza havoda sayr qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Moliyaviy masalada juda sergak va ehtiyotkor bo‘lsangiz, keyin afsusda qolmaysiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun sizning kuningiz. Shunday kunni anchadan beri orzulardingiz. Hamma ishlar reja bo‘yicha kechadi

Baliq (20.02 — 20.03)

Kayfiyatingiz shu qadar yomon bo‘ladiki, yuragingizga hech narsa sig‘may xunob bo‘lishingiz mumkin. O‘zingizni qo‘lga oling. Yorug‘ dunyoda barcha mehmon.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version