Munajjimlar başorati

Munajjimlar bashorati (19.02.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 19-fevral, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun hamkasblar va do‘stlar aytgan eng muhim gaplarni albatta yodda saqlab qoling. Yaqin kelajakda asqotadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Siz bilan hamkorlikda ishlaydigan odamlarning ham fikrlarini inobatga oling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun barchaning diqqat markazida bo‘ling, kasbingiz bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lish payiga tushing. Ishlaringiz yurisha qolmasa, asabiylashmang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ro‘zg‘or, xo‘jalik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda xotirjamlik saqlang.

Arslon (24.07 — 23.08)

Agar professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz kelajagi uchun foyda bersa, jami iste’dodingizni keng ommaga namoyish etishingiz kerak.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ishingiz yuzasidan ayrim masalalarda kimlargadir nimanidir isbotlash ilinjida yelib-yugurishingiz mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ishda qat’iyatli bo‘ling. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmang.

Chayon (24.10 — 22.11)

Oilasizlardan kimnidir yaqinda tanishgan insoni xafa qilishi mumkin. Hoynahoy, uning tuyg‘ulari mustahkam bo‘lib chiqmaydi. Bundan ranjish kerak emas.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun hamkasblarga shaxsiy sirlaringizni oshkor qilmang. Bu sizning ziyoningizga ishlashi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Yaqinlaringizga qancha ko‘p hurmat va e’tibor ko‘rsatsangiz, shuncha obro‘yingiz oshadi, o‘rningiz mustahkamlanadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun jismoniy zo‘riqishlar sizning foydangizga ishlaydi. Qachonki, kerakli vitaminlarga boy taomlarni ko‘p va xo‘b iste’mol qilsangiz.

Baliq (20.02 — 20.03)

Muhim hujjatlar bilan ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version