Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Foto: Buxoro viloyati IIB

G‘ijduvonda maktablarda oddiy dars emas, balki muhim suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda. Tuman ichki ishlar bo‘limi JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi inspektor-psixologlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida ta’lim muassasalarida tizimli tadbirlar o‘tkazmoqda.

Bu safargi uchrashuvlarda asosiy e’tibor muammoni keyin emas, aynan erta bosqichda aniqlashga qaratildi. Darslarni sababsiz qoldirib kelayotgan, xulq-atvorida o‘zgarish sezilgan yoki turli salbiy ta’sirlarga berilishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar tashkil etildi. Psixolog va inspektorlar har bir holatni alohida o‘rganib, bolalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Profilaktika ishlari faqat o‘quvchilar bilan cheklanib qolmadi. Ota-onalar bilan ham alohida suhbatlar o‘tkazilib, farzand tarbiyasi, davomat va nazorat masalalariga jiddiy yondashish zarurligi tushuntirildi. Mutasaddilar tomonidan farzand ta’limiga befarq qarash oqibatlari haqida ogohlantirilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi.

Mutaxassislar fikricha, muammoni jazolash bilan emas, o‘z vaqtida ogohlantirish va tushuntirish orqali hal qilish eng samarali yo‘ldir. G‘ijduvonda olib borilayotgan ushbu profilaktik tadbirlar ham aynan yoshlarni jinoyatdan asrash, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version