Buxoro yangiliklari
“Buxoro” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Kecha, 19-fevral kuni “Buxoro” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi. Rejaga muvofiq, “Andijon” jamoasining uy stadionida VAR texnikasini o‘rnatish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun esa “Andijon” jamoasi stadionida esa VAR texnikasini joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, “So‘g‘diyona” klubi stadioni ham bosqichma-bosqich ushbu tizim bilan jihozlanadi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.