Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (22.02.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 22-fevral, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ilgari hayotga tadbiq etilmay qolgan loyihalarga yana qaytishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Moliyaviy masalada daromadga daromad qo‘shish uchun imkoniyatlar yo‘q emas. Faqat ularni o‘z vaqtida ilg‘ay bilsangiz yetarli.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Shaxsiy hayotda jiddiy to‘siqlar ko‘zga tashlanmaydi. Ba’zilar jufti bilan ro‘zg‘or ikir-chikirlari tufayli bahslashib qolishi kutiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Oilasizlar birinchi bo‘lib bo‘lg‘usi jufti bilan munosabatlarni mustahkamlashi lozim.

Arslon (24.07 — 23.08)

Tushdan keyin do‘stlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Janjal mushtlashuvga aylanib ketmasligi uchun o‘zingizni qo‘lga ola biling.

Parizod (24.08 — 23.09)

Buyuk ishlar oldinda. Shuning uchun kuch va imkoniyatlarni tejashingiz tavsiya qilinadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Yoshlarga o‘z hayotiy tajribalaringizni namoyish etishingiz mumkin. Bu ishni ko‘ngildagidek ado eta olmasangiz-da, shunday qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Kunning birinchi yarmida ajoyib bir hodisa sodir bo‘ladiki, favqulodda ishingizni va yashash joyingizni o‘zgartirish harakatiga tusha boshlaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Organizmni jismoniy zo‘riqtirishdan tiyiling. Bel va bo‘g‘imlarni asragan holda, mutaxassisga murojaat qiling. Kerak bo‘lsa, muolajalar oling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida bugun tashabbuskor va faol bo‘lishingiz aniq. Buning uchun kuch ham, imkoniyat ham yetarli.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Moliyaviy jabhada hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qobiliyatingiz yuz ko‘rsatib, kissangizni pulga to‘ldirishi mumkin.

Baliq (20.02 — 20.03)

Tushga qadar barcha ishlarni qoyillatib, keyin bemalol dam olishingiz mumkin bo‘ladi. Kun davomida hech kimga sizni bo‘ysundirishga yo‘l qo‘ymang.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version