Islom

Robbing kim? Payg‘ambaring kim? Dining nima?

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Ortingga nazar sol, avval ham qancha nasllar yashab o‘tdi. Lekin ularning hech biri to‘plagan boyliklarini o‘zi bilan olib ketolmadi. Qurgan saroylarini-chi? Erishgan maqom va mavqelarini olib ketdilarmi? Yo‘q! Barchasi faqat kafan bilan qabrga qo‘yildilar.

So‘ng ularning har biridan: “Robbing kim?”, “Payg‘ambaring kim?”, “Dining nima?” – deb so‘rashdi. Shunday ekan, sen ham o‘sha kun uchun o‘zingni tayyorlagin. Dunyo matosining hech biri uchun qayg‘urmagin. Chunki ular qadrsizdir va barchasi oxir-oqibatda yo‘q bo‘ladi.

Insonning solih amalidan boshqa hech narsa abadiy qolmaydi. Alloh taolo bu xususda shunday marhamat qiladi:

“Erkakmi yo ayolmi – kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan go‘zal (solih) amallari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz” (Nahl surasi, 97-oyat).

Alloh barchamizni solih amallar ustida, ofiyat-u omonlikda bardavom aylasin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version