Islom
Duo qilganimizdan so‘ng “omin”, deymiz. Buning ma’nosi nima?

— Duo qilganimizdan so‘ng “omin”, deymiz. Buning ma’nosi nima?
“Omin”ning ma’nosi: “Duoyimizni ijobat ayla!”, “Ey, Allohim! Ijobat qil!” yoki “Xuddi shunday bo‘lsin!” yoxud “Umidimizni muvaffaqiyatsizlikka uchratma!” kabilardir.
Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh o‘zining “Matolib al-oliya” asarida zikr qilishicha, bir yahudiy musulmonlardan “Omin” so‘zini eshitib, imon keltirgan ekan: “Bir yahudiy “Omin” deyishayotgan masjid ahli yonidan o‘tib ketayotgan edi. Shunda yahudiy: “Sizlarga “Omin”ni o‘rgatgan zotga qasamki, sizlar haqqning ustidasizlar!”, – dedi”.
Yahudiy o‘z dinida ham “Omin” so‘zi borligi va u haq payg‘ambarlardan meros qolganini bilgani bois musulmonlardan bu so‘zni eshitib, ushbu dinning haqligiga amin bo‘lgan.
“Omin” aytilganida, farishtalar ham uni aytishlari haqida sahih hadislar bor.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi