Qiziqarli
Ko‘pchilik noto‘g‘ri foydalanib kelgan 7 ta kundalik buyum

Insonlar hayotidagi ko‘plab ishlarni avtomatik tarzda bajarishga ko‘nikkan, chunki bizga shunday o‘rgatishgan yoki atrofimizdagilar ham xuddi shunday qilishadi. Ammo kundalik hayotda ishlatadigan ko‘plab predmetlar aslida boshqacha, samaraliroq yo‘l bilan foydalanishi mumkin. Quyida Daryo bunga 7 ta misolni keltirgan.
Bilaklarga atir sepib, ularni ishqalash
Atirni bilaklarga sepib, so‘ng ishqalash keng tarqalgan xatodir. Terida ishqalanish natijasida atir molekulalari buziladi va hid tezroq “uchib” ketadi. To‘g‘ri usul — atirni sepib, uni tabiiy yo‘l bilan qurishiga imkon berish.
Quloqni paxta tayoqchalari bilan tozalash
Paxta tayoqchalari quloq kanalini tozalash uchun emas, bu haqda shifokorlar ham doim ogohlantiradi. Bunday tayoqcha quloq kirini ichkariga itarib yuborishi va natijada ichki qismda tiqin hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Antiperspirantni surtish vaqti
Ko‘pchilik antiperspirantni ertalab, uyidan chiqishdan oldin surtadi. Ammo u kechqurun, ter bezlari unchalik faol bo‘lmagan vaqtda surtilsa, yaxshiroq ta’sir qiladi va terlashni kamaytiradi.
Mikroto‘lqinli pechda ovqatni isitish
Ovqat likopning markaziga to‘plab isitilsa, u notekis qiziydi. Uni chetlarga yoyib, o‘rtani bo‘sh qoldirish kerak, shunda taom bir xil darajada isiydi.
Blenderni yuvish
Blenderning pichoqlarini qo‘l bilan tozalash xavfli va noqulay. Yaxshisi — unga suv va bir tomchi idish yuvish vositasini solib, bir necha soniyaga yoqing. Blender o‘zini o‘zi yuvib beradi. Bu xavfsiz va samaralidir.
Quloqchinlarni noto‘g‘ri taqish
Agar quloqchinlar doimiy ravishda tushib ketsa, ehtimol ularni noto‘g‘ri taqayotgan bo‘lishingiz mumkin. Aksariyat quloqchinlar uchini yuqoriga va quloq orqasiga yo‘naltirib taqish kerak, shunda ular mahkamroq turadi.
Mandarin po‘stini archish
Mandarinni po‘stidan tozalash vaqt talab etadi. Uning o‘rniga mevani o‘rtasidan kesing va tashqariga qarata oching, shunda bo‘laklar o‘z-o‘zidan ajralib chiqadi.