Hodisalar

Ronaldu Eron hujumidan so‘ng Saudiya Arabistonini tark etdi

Foto: The AP

Portugaliyalik mashhur futbolchi Kristiano Ronaldo Eronga bog‘liq keskinlik kuchayganidan so‘ng Saudiya Arabistonini tark etdi. Uning shaxsiy samolyoti 2-mart, dushanba tongida Riyod shahridan uchib, Madridga yetib kelgani xabar qilindi.

Dron hujumidan keyin parvoz

Britaniyaning Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining “Bombardier Global Expres ” rusumli samolyoti parvozini Flightradar24 platformasi qayd etgan. Samolyot Er-Riyoddan taxminan kechki soat 20:00 atrofida uchib, Misr va O‘rta yer dengizi ustidan parvoz qilib, yarim tundan keyin Ispaniyaga qo‘ngan.

Bu qaror Er-Riyoddagi AQSh elchixonasi Riyodga dron hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlar ortidan qabul qilingani aytilmoqda.

Futbol musobaqalari ham to‘xtatildi

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Nassr” klubida to‘p suradi. Biroq Yaqin Sharqdagi keskinlik ortidan Asian Football Confederation ayrim o‘yinlarni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan.

Shu sabab bekor qilingan uchrashuvlardan biri — “Al-Nassr” va “Al-Wasl” o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi chorak final bahsi bo‘lgan.

Er-Riyod ham hujum nishoniga aylangan

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kundan buyon Eron tomonidan uyushtirilgan zarbalar paytida Er-Riyod ham nishonga olingan. Hujum obyektlari orasida AQSh elchixonasi ham bo‘lgan.

Kristiano Ronaldu Saudiya Arabistonida unashtirilgan qizi Jorjina Rodriges va 5 nafar farzandi bilan yashab kelayotgan edi. Keskin vaziyat sabab futbolchining vaqtincha mamlakatni tark etgani aytilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version