Buxoro yangiliklari

Buxoroda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida qizamiq bilan kasallangan bolalar holidan xabar oldi

Foto: Buxoro viloyati SSB

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida shifoxonada olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, moddiy-texnik baza hamda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasi binolarining texnik holati ham ko‘zdan kechirildi.

Boshqarma boshlig‘i qizamiq kasalligi bilan davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bolalar holidan xabar olib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shu bilan birga mas’ul mutaxassislar ishtirokida kasallikning tarqalish dinamikasi va hududdagi epidemiologik vaziyat tahlil qilindi. Natijada infeksiya tarqalishining oldini olish hamda profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Tashrif doirasida statsionar sharoitida davolanayotgan bemorlarning yaqinlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, davolash jarayoni va yaratilgan sharoitlar yuzasidan suhbatlashildi. Ularning murojaat va takliflari tinglanib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tizimli ishlashni ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version