Islom

Farzandlarni sahovatga o‘rgatish haqida

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Bir kuni bir qo‘shni olim qo‘shnisidan “Bir piyola asal berib tursangiz, dori uchun”, deganida, haligi ilmli zot: “Bir tovoq asal qo‘shninikiga chiqarib beringlar”, debdilar. Bolalari so‘rabdi: “Otajon, qo‘shni bir piyola so‘radi, siz bo‘lsangiz bir tovoq yubordingiz, bir piyola bersangiz bo‘lmaydimi?”. Shunda olim javob beribdi: “Ey o‘g‘ilcham, qo‘shni himmatiga yarasha so‘radi, men himmatimga yarasha berdim”.

Boshqa holatda bir otaning oldiga o‘rtog‘i kelib: 

– Ey birodar, kecha sizni izlab keluvdim, topolmadim.

– Ha nima edi?

– Qarzimiz bor shuni uzish uchun bir muncha pul berib tursangiz

– Xo‘p bo‘ladi, mana pul qarzingizni uzing, deb beribdilar-da u ketgandan keyin yig‘labdilar.

Buni ko‘rgan farzandlari: 

– Ota, pulni o‘zingiz berib yana nima uchun yig‘lamoqdasiz?

– Gapini eshitmadingda, bolam, kecha ham bizni izlab kelgan ekan. Axir ular bizni emas, balki aslida biz ularni izlashimiz kerak deb javob beribdilar.

Ularning amallari farzandiga ibrat bo‘lib xizmat qildi. Amal bilan bir bora ko‘rsatilgan yaxshilik, ming bor aytilgan so‘zdan ko‘ra afzalroq va ta’sirchanroq bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version