Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (20.03.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 20-mart, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun siz uchun ancha murakkab kun bo‘ladi. Agar yo‘lingizda duch keladigan to‘siqlardan bardosh bilan o‘ta olsangiz, ko‘zlangan ezgu maqsadingizga albatta yetasiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Ishxonada o‘z vazifangizga jiddiy munosabatda bo‘ling. Aks holda rahbaringiz mukofotdan mahrum etgani yetmay, maoshingizning yarmini ham qirqib tashlashi kutilmoqda.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Depressiyaga tushib qolishni xohlamasangiz, muammoning yechimini toping. Juda bo‘lmasa, juftingizdan yordam so‘rang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Juftingizning o‘tmishini kovlashtirish, rashk qilishdan saqlaning. Moddiy masalada hech kim sizning yo‘lingizni to‘sa olmaydi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ishxonangizdagi yumushlar bilan bog‘liq bir necha sinovlar yo‘lingizda ko‘ndalang turishi kutiladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Shaxsiy hayotda juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda ko‘ngilsizliklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Har bir gapiradigan gapingizni mulohaza qilib keyin tilga ko‘chiring. Baxtingizni bersin!

Chayon (24.10 — 22.11)

Agar ruhiyatingiz tushib ketaversa, tavakkal ko‘chaga chiqing-da, sayr qiling, yorug‘ dunyoni tomosha qiling, chalg‘iysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Hasadgo‘ylardan nariroq bo‘ling. Shunisi tinchroq. Kunni yaxshi o‘tkazing!

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Siz totli tuyg‘ular asiriga aylanasiz. Lekin juftingizning ko‘ngli ishingiz sabab, baribir to‘la qolmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Muhabbatda faqat o‘zingizni o‘ylash balosidan voz kechsangiz, omadingiz kelishi tayin

Baliq (20.02 — 20.03)

Juftingiz bilan munosabatda avval o‘ylab keyin so‘zlash qoidalariga amal qiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version