Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (28.03.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 28-mart, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Minusda qolib ketmaslik uchun bugun moliyaviy masalaga yanada e’tiborliroq bo‘ling. Oilangizda bugun sizning yetakchiligingiz ish berish ehtimoli bor.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Tashabbuskor bo‘ling, bu hamkasblar qarshisida obro‘yingizni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib qo‘yishi aniq.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Yolg‘iz, hali oila qurishga ulgurmaganlar bugun kunning ikkinchi yarmida shaxsiy hayotini yo‘lga solish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqiqatga yaqin.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun moliyaviy masalada omadga erishasiz. Faqat yirik xaridlardan tiyilib turing.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kechqurun biroz do‘stlar bilan birga hamsuhbat bo‘ling, dam oling. Lekin zararli odatlarga qaytishni o‘ylamang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Moddiy ahvolingiz zaiflashib qolishi mumkin. Basharti yaqin kelajakda uy sotib olish yoki olis safarga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ishlaringiz birin-ketin o‘ngidan kela boshlasa, taltayib ketmasligingiz kerak. Aksincha, kamtargina bo‘lib, birovga churq etmay ishlashda davom etavering.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun jismoniy ish bilan shug‘ullanishingiz kerak. Buni ortga surib bo‘lmaydi. Jismoniy mehnat nafaqat sog‘liq, balki miya faoliyati yaxshilanishida ahamiyatli.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Millionlab dollar qarz berishni va’da qilgan bo‘lsa-da, do‘stlardan yordam kutmang. Qarzga botishingiz yaxshilikka olib kelmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Rahbarlar atayin sizga mayda yumushlarni topshiradi. Shu yo‘l bilan professionalligingizni tekshirib ko‘rishni niyat qilishgan.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kuningiz yengil kechmaydi. O‘z kuchingizga ishonishga majbursiz.

Baliq (20.02 — 20.03)

Shaxsiy hayotda hazillardan unumli foydalaning. Oilasiz bo‘lsangiz ham hazil sizga ijobiy natijalarni beradi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version