Buxoro yangiliklari
Tojikiston Prezidenti ekipaji uchun Buxoro bo‘ylab sayohat tashkil etildi

Xabaringiz bor, bugun 27-mart kuni Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxoroga tashrif amalga oshirdi. Tashrif doirasida Prezident samolyotidagi tojikistonlik ekipaj a’zolari va uchuvchilar uchun alohida sayohat dasturi tashkil etildi.
Mehmonlar sayohat davomida Buxoro shahrining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Jumladan, ular Ark qal’asi, Poyi Kalon ansambli, qadimiy savdo toqlari, Labi Hovuz ansambli hamda hunarmandchilik markazlariga tashrif buyurishdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu kabi sayohatlar orqali Buxoroning boy tarixiy merosi xalqaro miqyosda keng targ‘ib etilmoqda.
Mehmonlar Buxoroning me’moriy obidalari va qadimiy muhitidan katta taassurot oldi. Ular ayniqsa shaharning ko‘hna ko‘chalari va milliy hunarmandchiligini yuqori baholadi.
Bunday tashriflar madaniy almashinuvni kengaytirish va xalqlar o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kelgusida ham Buxoroga xorijiy mehmonlar oqimi ortib borishi kutilmoqda. Bu esa viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.