Buxoro yangiliklari

“Gor bolnitsa”da ilk bor murakkab endoskopik amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi

Mazkur operatsiya qizilo‘ngach o‘smasi asoratlari — qon ketishi va obstruksiya holatlarida kam invaziv usulda amalga oshirildi.

So‘nggi yillarda tibbiyot statistikasiga ko‘ra, qizilo‘ngach va oshqozon-ichak o‘sma kasalliklari ayniqsa 50–70 yosh oralig‘ida keng uchramoqda.

Bunday kasalliklar natijasida bemorlarda oziqlanish qiyinlashuvi, intoksikatsiya va umumiy ahvol og‘irlashuvi kuzatiladi.

RSHTYOIM Buxoro filialida esa zamonaviy endoskopik texnologiyalarni joriy etish orqali ilg‘or tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, filial xorijiy yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlikni rivojlantirib, tajriba almashishni yo‘lga qo‘ygan.

Yaqinda 1956-yilda tug‘ilgan bemor og‘ir klinik belgilar bilan murojaat qilib, chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi.

Unga “qizilo‘ngach o‘smasi” tashxisi qo‘yilib, murakkab endoskopik operatsiya o‘tkazishga qaror qilindi.

Amaliyot filialning tajribali endoskopist shifokorlari tomonidan yuqori darajada bajarildi.

Operatsiya jarayoni xorijiy mutaxassislar tomonidan telemedisina orqali kuzatib borildi.

Natijada bemorning umumiy holati yaxshilanib, ovqat hazm qilish jarayoni tiklana boshladi.

Mazkur operatsiya hududda zamonaviy tibbiyot yutuqlari amaliyotga keng joriy etilayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version